YO‘L TRANSPORTINING XAVFSIZLIGI VA IQTISODIY RIVOJLANISH O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK
Keywords:
Kalit so‘zlar: transport iqtisodiyoti, iqtisodiy rivojlanish, yo‘l harakati xavfsizligi yalpi ichki mahsulot, transport infratuzilmasi, inson kapitali, barqaror rivojlanish, hududiy iqtisodiyot, investitsion jozibadorlik, ijtimoiy taraqqiyot va jamiyat.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada transport va iqtisodiy rivojlanish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik nazariy va konseptual yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Yo‘l-transport xavfsizligi darajasining mamlakat iqtisodiy barqarorligiga ko‘rsatadigan bevosita va bilvosita iqtisodiy o‘sishga ta’siri masalalari yoritiladi. Yo‘l-transport hodisalari natijasida yuzaga keladigan iqtisodiy yo‘qotishlarni, ya’ni inson kapitalining degradatsiyasi, mehnat unumdorligining pasayishi hamda davlat byudjetiga tushadigan ijtimoiy yuklamalar nuqtai nazaridan tahlil qiladi.
Shuningdek, transport infratuzilmasining hududiy rivojlanish, mehnat bozori samaradorligi va jamiyat taraqqiyotiga ta’siri tahlil qilinadi. Maqolada transport infratuzilmasining xavfsizligi logistika xarajatlarini kamaytirish va investitsion jozibadorlikni oshirishning muhim omili ekanligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari transportni nafaqat iqtisodiy o‘sish omili, balki ijtimoiy taraqqiyot va jamiyat uchun muhim strategik vosita sifatida baholash zarurligini ko‘rsatadi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. 2022-yil 29-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni. - URL: https://lex.uz/ru/docs/-5841063.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. 2019-yil 18-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4397-sonli qarori. - URL: https://lex.uz/ru/docs/-4429732.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. 2023-yil 10-oktyabrdagi “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-330-sonli qarori. - URL: https://lex.uz/uz/docs/-6634309.
4. Cowie, J. (2010). The Economics of Transport: A Theoretical and Applied Perspective. London: Taylor & Francis Group.
5. Solow, R. (1956). A Contribution to the Theory of Economic Growth. The Quarterly Journal of Economics, 70(1), 65-94..
6. Вовк А. А., Литовченко В. Б. (2014). Экономика железнодорожного транспорта. Экономика железных дорог, №2.
7. Галабурда В. Г. va boshqalar (2001). Единая транспортная система. Москва: Транспорт.
8. Зохидов А. А. (2018). Markaziy Osiyo transport tizimini samarali boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish. Toshkent.
9. World Bank. Road Safety and Economic Development Reports. https://www.worldbank.org/ext/en/home
10.World Trade Organization (WTO). About WTO. Available at: https://www.wto.org