SIYDIK YO‘LLARI INFEKTSIYASI. SISTIT
Keywords:
Kalit so‘zlar: Siydik yo‘llari infeksiyasi, sistit, o‘tkir sistit, qaytalanuvchi sistit, siydik pufagi, siydik chiqarish kanali, bakterial infeksiya, ichak tayoqchasi, bakteriuriya, leykotsituriya, gematuriya, siydik tahlili, siydik ekmasi, antibiotik davolash.Abstract
Annotatsiya. Siydik yo‘llari infeksiyalari, xususan o‘tkir sistit, urologik amaliyotda keng uchraydigan yallig‘lanish kasalliklaridan biri bo‘lib, asosan siydik pufagi shilliq qavatining bakterial zararlanishi bilan tavsiflanadi. Kasallikning rivojlanishida ichak tayoqchasi ustunlik qiluvchi mikroorganizmlarning siydik chiqarish kanalidan yuqoriga ko‘tarilishi, siydik pufagining to‘liq bo‘shamasligi, siydik oqimining buzilishi, mahalliy himoya mexanizmlarining susayishi va siydik yo‘llarida yallig‘lanishga moyillik muhim ahamiyatga ega. Klinik jihatdan kasallik tez-tez va og‘riqli siyish, siyishga imperativ ehtiyoj, qov usti sohasida og‘riq va siydikning loyqalanishi bilan namoyon bo‘ladi. Tashxis qo‘yishda klinik belgilar bilan bir qatorda umumiy siydik tahlili, siydik cho‘kmasini mikroskopik tekshirish va zarur hollarda siydikning bakteriologik tekshiruvi muhim diagnostik ahamiyatga ega. Qaytalanuvchi va asoratlangan sistitda infeksiya rivojlanishiga sabab bo‘luvchi omillarni, jumladan siydik chiqarish yo‘llarining anatomik va funksional buzilishlarini aniqlash davolash samaradorligini oshirishning muhim shartidir. Mazkur maqolada sistitning etiologik va patogenetik xususiyatlari, klinik belgilari, zamonaviy diagnostika mezonlari hamda davolash yondashuvlari tahlil qilinadi.
References
1. Akilov F.A., Begaliyev U.E., Muxtarov Sh.T., Mirhamidov J.X. Urologiya: darslik. – Toshkent: Hilol Media, 2020. – 432 b.
2. Shadmanov A.K. Urologiya: darslik. – Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2025. – 640 b.
3. Abdullayeva M.A. Siydik yo‘llari infeksiyalarining homiladorlik davridagi salbiy ta’siri. – Andijon, 2022.
4. Ibragimov M.B., Akbarova R.M., Maxsudova X.F. Bolalarda siydik yo‘llari a’zolarining anatomo-fiziologik xususiyatlari va kasalliklari. – Andijon, 2022.
5. Gaybullayev O.A. Siydik yo‘llari infeksiyasining tarqalishi va uning alternativ davosi: tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent, 2021.
6. Gaybullayev O.A. Siydik yo‘llari infeksiyasining tarqalishi va uning alternativ davosi. – Toshkent: Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy xirurgiya markazi, 2021. – 39 b.
7. Akilov F.A., Begaliyev U.E., Muxtarov Sh.T., Mirhamidov J.X. Urologiya: darslik. – Toshkent: Abu Ali ibn Sino, 2011.
8. Daminov T.A. va boshq. Bolalar kasalliklari: darslik. – Toshkent, 2012. – 537 b.
9. Глыбочко П.В., Аляев Ю.Г. Урология. Обучающие модули: учебное пособие. – Москва: ГЭОТАР-Медиа, 2015. – 179 с.
10. Аляев Ю.Г., Глыбочко П.В., Пушкарь Д.Ю. Урология: российские клинические рекомендации. – Москва: ГЭОТАР-Медиа, 2016.
11. Лопаткин Н.А. Урология: национальное руководство. – Москва: ГЭОТАР-Медиа, 2016.
12. Gupta K., Hooton T.M., Naber K.G., Wullt B., Colgan R., Miller L.G., Moran G.J., Nicolle L.E., Raz R., Schaeffer A.J., Soper D.E. International clinical practice guidelines for the treatment of acute uncomplicated cystitis and pyelonephritis in women: a 2010 update by the Infectious Diseases Society of America and the European Society for Microbiology and Infectious Diseases // Clinical Infectious Diseases. – 2011. – Vol. 52, No. 5. – P. e103–e120.