ABDULLA QODIRIY ASARLARIDA MILLIY QADRIYATLAR VA INSONIY FAZILATLAR TALQINI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Abdulla Qodiriy, milliy qadriyatlar, insoniy fazilatlar, “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, oila, muhabbat, sadoqat, vatanparvarlik, ma’naviyat, axloq, adolat.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada Abdulla Qodiriy asarlarida milliy qadriyatlar va insoniy fazilatlarning badiiy talqini tahlil qilinadi. Adibning “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlarida oila, muhabbat, sadoqat, vatanparvarlik, kattalarga hurmat, or-nomus, halollik va adolat kabi qadriyatlarning ifodalanish xususiyatlari yoritiladi. Qodiriy qahramonlarining hayoti va taqdiri orqali milliy qadriyatlarning inson ma’naviy kamolotidagi o‘rnini ko‘rsatadi. Shuningdek, yozuvchining salbiy obrazlar orqali jaholat, xudbinlik, mansabparastlik va adolatsizlik kabi illatlarni tanqid qilgani haqida fikr yuritiladi. Adib ijodining bugungi yoshlar tarbiyasidagi ma’naviy va axloqiy ahamiyati ham ochib beriladi.
References
1. Karimov N. XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2018.
2. Qosimov B. Milliy uyg‘onish: jasorat, ma’rifat, fidoyilik. – Toshkent: Ma’naviyat, 2019.
3. Yoqubov I. Badiiy-estetik tafakkur va o‘zbek adabiyoti. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.
4. Sirojiddinov Sh. O‘zbek adabiyoti tarixi va adabiy jarayon. – Toshkent: Akademnashr, 2020.
5. Rahmonov N. O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti masalalari. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2021.
6. Karimov B. Qodiriyshunoslik. – Toshkent: Akademnashr, 2022.
7. Yo‘ldoshev Q. Badiiy tahlil asoslari. – Toshkent: Kamalak, 2023.