O‘ZBEKISTONDA ISLOMIY BANK FAOLIYATINI JORIY ETISHNING IQTISODIY IMKONIYATLARI VA INSTITUTSIONAL MUAMMOLARI

Authors

  • Yuldasheva Umida Asanaliyevna Author
  • Xudoyberdiyeva Moxinabonu Author

Keywords:

islomiy bank, islomiy moliya, murabaha, musharaka, mudaraba, shariat nazorati, moliyaviy inklyuziya, institutsional muhit, O‘zbekiston.

Abstract

Maqolada O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishning iqtisodiy imkoniyatlari va institutsional muammolari tahlil qilinadi. Islomiy moliyaning asosiy tamoyillari, jumladan foizga asoslangan moliyalashtirishdan tiyilish, real aktivlar bilan bog‘liqlik, risk va daromadni taqsimlash hamda shartnomaviy shaffoflikning iqtisodiy mazmuni yoritiladi. 2026-yilda islomiy bank faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirishga qaratilgan qonunchilik o‘zgarishlari, maxsus soliq rejimi va Markaziy bank tomonidan xalqaro hamkorlar bilan olib borilayotgan institutsional ishlar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda huquqiy hujjatlar va xalqaro hisobotlarni qiyosiy tahlil qilish usulidan foydalanilgan. Natijalar islomiy bank xizmatlari moliyaviy xizmatlar xilma-xilligini oshirish, kichik biznesni moliyalashtirish va investitsiyalarni jalb etish imkoniyatiga ega ekanini, biroq samarali joriy etish uchun prudensial nazorat, shariatga muvofiqlik boshqaruvi, soliq neytralligi, likvidlik vositalari va malakali kadrlar tizimini rivojlantirish zarurligini ko‘rsatadi.

Author Biographies

  • Yuldasheva Umida Asanaliyevna

    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

    Xalqaro moliya kafedrasi, DSc, professor

    E-mail: umida_yu@mail.ru

  • Xudoyberdiyeva Moxinabonu

    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

    Moliya fakulteti talabasi

    E-mail: xudoyberdievamoxina@gmail.com

References

Published

2026-10-19