XORIJIY TAJRIBA ASOSIDA O‘ZBEKISTONDA DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI TIZIMINI RIVOJLANTIRISH
Keywords:
davlat moliyaviy nazorati, davlat auditi, moliyaviy nazorat, xorijiy tajriba, davlat moliyasi, budjet mablag‘lari, samaradorlik auditi, riskka asoslangan nazorat, raqamlashtirish, moliyaviy shaffoflik.Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekistonda davlat moliyaviy nazorati tizimini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari, shuningdek, uni takomillashtirishda ilg‘or xorijiy tajribadan foydalanish imkoniyatlari tadqiq etilgan. Davlat moliyaviy nazoratining davlat mablag‘laridan samarali, maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlashdagi o‘rni yoritilgan. Xorijiy mamlakatlarda davlat moliyaviy nazoratini tashkil etish mexanizmlari, auditning zamonaviy shakllari, raqamli texnologiyalar hamda riskka asoslangan nazorat usullarini qo‘llash amaliyoti tahlil qilingan. Xalqaro tajribani O‘zbekiston amaliyotiga moslashtirish asosida davlat moliyaviy nazoratining shaffofligi, samaradorligi va natijadorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.