DAVLAT BOSHQARUVIDA XULQ-ATVOR TAHLILIGA ASOSLANGAN YONDASHUV
Keywords:
davlat boshqaruvi, xulq-atvor tahlili, xulq-atvor iqtisodiyoti, behavioral public policy, nudge, qaror qabul qilish, davlat siyosati, inson markazlashgan boshqaruv, kognitiv og'ishlar, boshqaruv samaradorligi.Abstract
Ushbu maqolada davlat boshqaruvi tizimida xulq-atvor tahliliga (behavioral analysis) asoslangan yondashuvning nazariy-metodologik asoslari hamda uni zamonaviy boshqaruv amaliyotiga tatbiq etish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda inson xulq-atvorining psixologik, ijtimoiy va institutsional omillari davlat siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirish samaradorligiga ta'sir etuvchi muhim determinant sifatida baholangan. Xulq-atvor iqtisodiyoti va xulq-atvor siyosati konsepsiyalari asosida fuqarolarning qaror qabul qilish jarayonlari, kognitiv cheklovlari, motivatsion omillari va xulq-atvor og'ishlari davlat boshqaruvi mexanizmlariga integratsiya qilishning ilmiy asoslari yoritilgan. Shuningdek, davlat organlari faoliyatida xulq-atvorga asoslangan vositalar, jumladan, "nudge" (yumshoq ta'sir) mexanizmlaridan foydalanish orqali davlat xizmatlari sifati, fuqarolarning siyosiy va ijtimoiy faolligi, normativ talablar ijrosi hamda boshqaruv qarorlarining samaradorligini oshirish imkoniyatlari tahlil etilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, xulq-atvor tahliliga asoslangan yondashuv davlat boshqaruvining inson markazlashgan modelini rivojlantirish, siyosiy qarorlarning samaradorligini oshirish va davlat hamda jamiyat o'rtasidagi o'zaro ishonchni mustahkamlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etishi asoslab berilgan.