O‘ZBEKISTONDA AHOLI DAROMADLARI VA INFLYATSIYA O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK: 2020–2025-YILLAR STATISTIK TAHLILI
Keywords:
aholi daromadlari, inflyatsiya, iste’mol narxlari indeksi, nominal daromad, real daromad, xarid qobiliyati, korrelyatsiya, regressiya.Abstract
Maqolada 2020–2025-yillarda O‘zbekistonda inflyatsiya dinamikasi va aholi jon boshiga real daromadlar o‘rtasidagi bog‘liqlik rasmiy statistika asosida o‘rganiladi. Tadqiqotda zanjirli va bazisli indekslar, Fisher munosabati, variatsiya ko‘rsatkichlari hamda korrelyatsion va regression tahlil qo‘llanildi. Yillik inflyatsiya 2022-yilda 12,3 foizgacha ko‘tarilib, 2025-yilda 7,3 foizgacha pasaygan; narxlar kumulyativ ravishda 58,3 foizga oshib, 1 000 000 so‘mning xarid qobiliyati 36,8 foizga kamaygan. 2021–2025-yillarda nominal daromadlar 2,23 baravar, real daromadlar 1,38 baravar o‘sgan. Real o‘sish nominal o‘sish bilan kuchli (korrelyatsiya koeffitsiyenti 0,95), yillik inflyatsiya bilan zaif (−0,17) bog‘langan. Kuzatuvlar soni oz (6 ta) bo‘lgani uchun natijalar yo‘nalishni ko‘rsatuvchi hisoblanadi.