SOLIQQA TORTISH NAZARIYALARINING SHAKLLANISHI: KLASSIK, TARIXIY VA MARKSISTIK YONDASHUVLAR

Authors

  • Islomxonov Muhammadnosirxon Munavvarxon o‘g’li Author
  • Abdurazzoqov Hojiakbar Alisher O‘gli Author

Keywords:

siyosiy iqtisod klassiklari, davlat moliyasi, soliqqa tortish, davlat xarajatlari, kapital jamg‘arilishi, daromadlar taqsimoti, iqtisodiy liberalizm, ijtimoiy adolat, davlat byudjeti, davlat krediti, tarixiy maktab, marjinalizm.

Abstract

Mazkur maqolada siyosiy iqtisod klassiklari va keyingi iqtisodiy maktablar vakillarining moliyaga oid qarashlari, soliqqa tortish, davlat xarajatlari hamda kapital jamg‘arilishi haqidagi konsepsiyalari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi moliyaviy tafakkurning tarixiy rivojlanishini yoritish va davlatning iqtisodiy vazifalariga doir yondashuvlar o‘rtasidagi farqlarni aniqlashdan iborat. Mavzu tarixiy-mantiqiy yondashuv va qiyosiy tahlil asosida o‘rganiladi. D. Rikardoning soliqlarning daromadlar taqsimoti va kapital jamg‘arilishiga ta’siri haqidagi fikrlari, J. Sismondi hamda J. S. Millning yashash uchun zarur daromadni soliqqa tortishdan ozod etish va ijtimoiy tenglikni ta’minlashga doir qarashlari ko‘rib chiqiladi. A. Vagnerning davlat faoliyatini kengaytirish va soliqqa tortish tamoyillarini tizimlashtirishga qo‘shgan hissasi yoritiladi. Shuningdek, K. Marks va F. Engelsning davlat byudjeti, soliqlar va davlat kreditiga oid yondashuvlari hamda marjinalistik nazariyada davlat xizmatlari va soliq yukining talqiniga e’tibor qaratiladi. Tahlil davomida iqtisodiy erkinlik, davlat aralashuvi va ijtimoiy adolat o‘rtasidagi munosabatlarning turli nazariy maktablarda qanday izohlangani ochib beriladi.

Author Biographies

  • Islomxonov Muhammadnosirxon Munavvarxon o‘g’li

    Namangan davlat universiteti

    iqtisodiyot fakulteti MMT-BU-24

    3-bosqich talabasi

  • Abdurazzoqov Hojiakbar Alisher O‘gli

    Namangan davlat universiteti

    iqtisodiyot fakulteti Moliyaviy

    munosabatlar kafedrasi  stajyor-o‘qituvchisi

References

Published

2026-10-23