QORAMOLLARDA SUT TARKIBINING SIFAT KO‘RSATKICHLARI BILAN BOG‘LIQ GENETIK MARKERLARNING POLIMORFIZMINI TAHLIL QILISH
Keywords:
qoramol suti, genetik polimorfizm, DNK markerlari, SNP, CSN1S1, CSN2, CSN3, PAEP, DGAT1, sut yog‘i, sut oqsili, kazein, molekulyar seleksiya.Abstract
Mazkur maqolada qoramol sutining sifat ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq genetik markerlarning polimorfizmi va ularning seleksiya jarayonidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Sut tarkibidagi yog‘, oqsil, kazein fraksiyalari, laktoza va zardob oqsillarining shakllanishida ishtirok etuvchi genetik omillarga alohida e’tibor qaratiladi. CSN1S1, CSN2, CSN3, PAEP va DGAT1 genlaridagi genetik variantlarning sut tarkibi hamda texnologik xususiyatlari bilan bog‘liqligi ilmiy tadqiqotlar asosida yoritiladi. Shuningdek, Golshteyn va Braun shvits zotli qoramollarda o‘tkazilgan tadqiqotlarning miqdoriy natijalari tahlil qilinib, genotip va sut sifati o‘rtasidagi munosabatlarning zot hamda muhit sharoitlariga bog‘liqligi ko‘rsatiladi. Olingan ilmiy ma’lumotlar genetik markerlardan foydalanish sut sifatini yaxshilashga qaratilgan seleksiya dasturlarini takomillashtirish uchun muhim ekanini ko‘rsatadi.