ENHANCING GRAMMAR ACQUISITION THROUGH ACTIVE LEARNING AND ORAL COMMUNICATION

Authors

  • Nizomova Madina Author

Keywords:

ingliz tili grammatikasi, grammatik kompetensiya, amaliy nutq faoliyati, kommunikativ yondashuv, grammatik xatolar tahlili, interfaol ta’lim metodlari, rolli o‘yinlar, dialogik muloqot, mustaqil ta’lim, xorijiy tilni o‘rganish.

Abstract

Mazkur maqolada ingliz tili grammatikasini o‘rgatish jarayonida interfaol pedagogik yondashuvlar va amaliy nutq faoliyatidan foydalanishning metodik imkoniyatlari hamda samaradorligi tahlil etilgan. Tadqiqotda grammatik qoidalarni nazariy jihatdan o‘zlashtirish bilan cheklanib qolmasdan, egallangan bilimlarni kundalik muloqot va real kommunikativ vaziyatlarda to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish zarurligi asoslab berilgan. Xususan, o‘quvchilarning og‘zaki nutqida kuzatiladigan grammatik xatolarning asosiy turlari, ularning yuzaga kelish omillari va bartaraf etishga qaratilgan pedagogik usullar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, rolli o‘yinlar, dialogik mashg‘ulotlar, interfaol topshiriqlar va xatolarni tahlil qilishga asoslangan metodlarning grammatik kompetensiyani rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Maqolada o‘quvchilarni faol nutqiy muloqotga jalb etish, grammatik tuzilmalarni turli vaziyatlarda mustaqil qo‘llashga o‘rgatish va o‘quv jarayonida samarali fikr-mulohaza almashinuvini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Nazariy tahlil asosida grammatikani kommunikativ mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirish o‘quvchilarning til kompetensiyasini mustahkamlash, mustaqil bilim olish qobiliyatini takomillashtirish hamda ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlangan.

Author Biography

  • Nizomova Madina

    English Language Teacher Jondor District Technical College No. 1 Uzbekistan

     

References

Published

2026-10-23