OFFSHOR MOLIYAVIY MARKAZLAR SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI
Keywords:
offshor moliyaviy markaz, soliq boshpanasi, moliyaviy maxfiylik, BEPS, CRS, iqtisodiy mohiyat, deoffshorizatsiya, kapital oqimi.Abstract
Maqolaning dolzarbligi shundan iboratki, moliyaviy globallashuv va kapitalning transchegaraviy harakatchanligi kuchaygan sharoitda offshor moliyaviy markazlar xalqaro moliya tizimining tarkibiy qismiga aylanib, davlatlarning soliq siyosati, kapital oqimlari va moliyaviy barqarorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda, biroq bu jarayonning nazariy-uslubiy asoslari va zamonaviy tendensiyalari yetarlicha tizimlashtirilmagan. Ushbu maqolaning maqsadi offshor moliyaviy markazlarning iqtisodiy mohiyatini, ularning xalqaro moliya tizimida tarixiy shakllanish bosqichlarini, tasniflanish mezonlarini hamda zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini kompleks tahlil qilishdan iborat. Maqolada offshor markazlarning Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi metodologiyasi bo‘yicha uch guruhga bo‘linishi asoslangan, Moliyaviy maxfiylik indeksi (FSI) va Korporativ soliq boshpanasi indeksi (CTHI) bo‘yicha yetakchi yurisdiksiyalar qiyosiy jadvallar orqali tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, xalqaro shaffoflik chora-tadbirlariga qaramay, offshor moliyaviy boylikning global hajmi nisbatan barqaror saqlanib qolmoqda, faqat uning geografik markazi an’anaviy Yevropa yurisdiksiyalaridan Osiyo moliya markazlariga tomon siljimoqda va “sof soliq boshpanasi” modelidan xizmatlarga asoslangan ixtisoslashgan moliya markazi modeliga bosqichma-bosqich o‘tish kuzatilmoqda