VIRUSLI GEPATIT A KASALLIGIDA BEMOR BOLALARNI PARVARISHI
Abstract
Mazkur maqolada virusli gepatit A kasalligining kelib chiqish sabablari, yuqish yo‘llari, bolalarda kechish xususiyatlari hamda bemor bolalarni parvarish qilishning asosiy tamoyillari yoritilgan. Virusli gepatit A bolalar orasida keng tarqalgan yuqumli kasalliklardan biri bo‘lib, uning qo‘zg‘atuvchisi asosan ifloslangan oziq-ovqat, suv va maishiy buyumlar orqali organizmga tushadi. Ayniqsa, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilinmasligi, bolalar jamoalarida yaqin aloqa va sanitariya holatining yetarli emasligi kasallik tarqalishiga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, maqolada kasallikning klinik belgilari, bemor bolalarni kuzatish, ovqatlanish va suyuqlik rejimi, gigiena va dezinfeksiya choralari, ota-onalar bilan olib boriladigan tushuntirish ishlari, asoratlarning dastlabki belgilari hamda emlash orqali profilaktika masalalari tahlil qilingan. Hamshiraning bemor bola parvarishidagi o‘rni va kasallik tarqalishini oldini olishdagi roli ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan.