KRIVOSHIP-SHATUN MEXANIZMINING TUZILISHI, ISHLASH PRINSIPI VA DIAGNOSTIK PARAMETRLARI
Keywords:
krivoship-shatun mexanizmi, ichki yonuv dvigateli, porshen, shatun, tirsakli val, silindrlar bloki, kompressiya, diagnostika, mexanik yeyilish, moy bosimi, vibrodiagnostika, texnik xizmat ko‘rsatish, avtomobillar servisi.Abstract
Mazkur ilmiy maqolada avtomobil ichki yonuv dvigatelining asosiy mexanizmlaridan biri hisoblangan krivoship-shatun mexanizmining konstruktiv tuzilishi, ishlash prinsipi, funksional vazifalari hamda texnik holatini baholashda qo‘llaniladigan diagnostik parametrlar ilmiy-texnik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda mexanizmning asosiy tarkibiy qismlari, jumladan, silindrlar bloki, porshen, porshen halqalari, shatun, tirsakli val va podshipniklarning tuzilishi hamda ularning o‘zaro mexanik bog‘liqligi yoritilgan. Shuningdek, mexanizmning ekspluatatsiya jarayonida yuzaga keladigan yeyilish, deformatsiya, mexanik shovqin, kompressiya bosimining pasayishi va moylash tizimidagi nosozliklar tahlil etilgan. Krivoship-shatun mexanizmining texnik holatini aniqlashda kompressiyani o‘lchash, silindr germetikligini tekshirish, moy bosimini nazorat qilish, akustik va vibrodiagnostika usullaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada zamonaviy diagnostika texnologiyalaridan foydalanish orqali avtomobil dvigatellarining ekspluatatsion ishonchliligini oshirish, nosozliklarni erta aniqlash hamda texnik xizmat ko‘rsatish samaradorligini yaxshilash bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berilgan