THE ROLE OF DIVERSE TEACHING METHODS IN DEVELOPING ENGLISH PROFICIENCY
Keywords:
ingliz tilini o‘qitish, pedagogik metodlar, kommunikativ ta’lim, innovatsion yondashuvlar, raqamli texnologiyalar, aralash ta’lim, ta’lim samaradorligi, metodik strategiyalar, til kompetensiyasi.Abstract
Mazkur maqolada ingliz tilini o‘rgatish jarayonida turli pedagogik metodlar va ta’limiy yondashuvlarni qo‘llashning ahamiyati hamda ularning o‘quv jarayoni samaradorligiga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot doirasida an’anaviy ta’lim usullari, kommunikativ metodika, amaliy tajribaga yo‘naltirilgan o‘qitish, induktiv yondashuv va raqamli texnologiyalarga asoslangan zamonaviy ta’lim shakllarining o‘ziga xos xususiyatlari tahlil etilgan. Jumladan, aralash ta’lim modeli va elektron o‘quv resurslaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, har bir metodning ustun jihatlari va mavjud cheklovlari qiyosiy ko‘rib chiqilib, samarali o‘qitish strategiyasini belgilashda ta’lim oluvchilarning individual xususiyatlari, bilim darajasi hamda o‘quv maqsadlarini inobatga olish muhimligi asoslangan. Maqolada innovatsion pedagogik texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya vositalarini o‘quv mashg‘ulotlariga tatbiq etish orqali ingliz tilini o‘zlashtirish sifatini yaxshilash imkoniyatlari muhokama qilingan. Olingan nazariy xulosalar asosida ingliz tili o‘qituvchilari uchun metodik tavsiyalar keltirilib, zamonaviy yondashuvlarning til kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni ochib berilgan.