OFFSHOR HUDUDLAR: IQTISODIY MOHIYATI, GLOBAL MIQYOSI VA SOLIQ SHAFFOFLIGI MUAMMOLARI
Keywords:
offshor hududlar, soliq boshpanalari, foyda ko‘chirish, moliyaviy maxfiylik, avtomatik axborot almashinuvi, CRS, global minimal soliq, fantom investitsiyalar.Abstract
Ushbu maqolada offshor hududlarning iqtisodiy mohiyati, global miqyosi va xalqaro soliq shaffofligi tizimiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot Tax Justice Network, OECD, EU Tax Observatory, Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) va ICIJ kabi tashkilotlarning ikkilamchi ma’lumotlariga tayanadi. Natijalarga ko‘ra, Tax Justice Network baholari bo'yicha davlatlar transchegaraviy soliq suiiste’moli tufayli yiliga taxminan 492 mlrd AQSh dollari yo‘qotadi, ko‘p millatli kompaniyalar foydasining taxminan 36 foizi soliq boshpanalariga ko‘chiriladi, global to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning 40 foizga yaqini «fantom» xarakterga ega. Shu bilan birga, bank axborotini avtomatik almashish tufayli jismoniy shaxslarning offshor soliq to‘lashdan qochishi sezilarli kamaygan. Maqolada, shuningdek, O‘zbekistonda offshor yurisdiksiyalar ro‘yxati va valyuta operatsiyalari monitoringi mexanizmlari ko‘rib chiqilib, soliq shaffofligini kuchaytirish bo‘yicha takliflar beriladi.