ZAMONAVIY TA’LIM TIZIMIDA XORIJIY TAJRIBADAN FOYDALANISHNING STRATEGIK YO‘NALISHLARI VA SAMARADORLIGI

Authors

  • Sattarova Raisa Xabibovna Author

Keywords:

tibbiy ta’lim, xorijiy tajriba, muammoga yo‘naltirilgan o‘qitish (PBL), obyektiv tuzilgan klinik imtihon (OSCE), WFME standartlari, klinik fikrlash, lokalizatsiya, inson kapitali.

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy oliy tibbiy ta’lim tizimini transformatsiya qilishda ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasidan foydalanishning strategik yo‘nalishlari va ularning samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqot davomida AQSh, Buyuk Britaniya va Germaniya tibbiy ta’lim modellarining o‘ziga xos jihatlari tizimli va qiyosiy-pedagogik metodlar yordamida o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, muammoga yo‘naltirilgan o‘qitish (PBL), obyektiv tuzilgan klinik imtihon (OSCE) va erta klinik rotatsiya tizimlarini milliy ta’lim muhitiga integratsiya qilish bo‘lajak shifokorlarning klinik fikrlash hamda amaliy ko‘nikmalarini sezilarli darajada oshiradi. Maqolada xalqaro ilg‘or metodikalarni o‘zbek milliy ta’lim platformasiga adaptatsiya qilish (lokalizatsiya) hamda tibbiyot oliygohlarining moddiy-texnik bazasini WFME standartlariga moslashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

References

Downloads

Published

2026-10-18