INKLYUZIV TA’LIM VA UNING AFZALLIKLARI: ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALAR UCHUN IMKONIYATLAR
Keywords:
inklyuziv ta’lim, alohida ta’lim ehtiyojlari, teng imkoniyatlar, maxsus pedagogika, ijtimoiy moslashuv, individual yondashuv, pedagogik qo‘llab-quvvatlash, ta’lim sifati.Abstract
Ushbu maqolada inklyuziv ta’limning mazmun-mohiyati, uning asosiy tamoyillari va alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun yaratadigan imkoniyatlari yoritilgan. Inklyuziv ta’lim har bir bolaning individual xususiyatlari, qobiliyati va ehtiyojlarini hisobga olgan holda sifatli ta’lim olishini ta’minlashga qaratilgan. Maqolada inklyuziv ta’limning afzalliklari, bolalarning ijtimoiy moslashuvi, tengdoshlari bilan muloqot qilishi, mustaqillik ko‘nikmalarini rivojlantirishi hamda jamiyatga integratsiyalashuvidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, inklyuziv ta’limni tashkil etishda pedagoglar, ota-onalar, psixologlar va maxsus pedagoglarning hamkorligi, ta’lim muassasalarida qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Maqolaning asosiy maqsadi inklyuziv ta’limni rivojlantirish orqali har bir bolaning ta’lim olish huquqini ta’minlash va uning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish zarurligini asoslashdan iborat.