ORTODONTIYA FANIDA MA’RUZA VA AMALIY MASHG’ULOTLARNI TASHKIL ETISH USLUBIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
ortodontiya, bakalavriat, an’anaviy ma’ruza, takomillashtirilgan metodika, klinik fikrlash, amaliy ko‘nikma, boshlang’ich va yakuniy baholash.Abstract
Maqolada ortodontiya fanini an’anaviy va takomillashtirilgan metodikadao’qitishning mazmuni qiyosiy yoritilgan. An’anaviy metodika 50 nafar 4-kurs, takomillashtirilgan metodika esa 54 nafar 6-kurs bakalavr talabalarida qo‘llanilgan. Takomillashtirilgan yondashuvda nazariy mavzu klinik vaziyatni tahlil qilish, amaliy topshiriq va individual qayta aloqa bilan bog’langan. Talabaning bilimini, diagnostik xulosani asoslashini va amaliy ko‘nikmasini alohida baholash mezonlari taklif etilgan. Ishda metodikaning tuzilishi hamda uni baholash tartibi bayon qilingan; individual test natijalarining statistik tahlili keltirilmagan. Qiyoslashda talabalarning kursi va oldingi tayyorgarligi hisobga olinishi zarurligi ko‘rsatilgan.
References
Downloads
Published
2026-10-14
Issue
Section
Articles