OFSHOR MOLIYAVIY MARKAZLAR FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISHNING XALQARO MEXANIZMLARI VA ULARNING ZAMONAVIY IQTISODIYOTDAGI ROLI

Authors

  • Yuldasheva Umida Author
  • Olimova Soxiba Inamjon qizi Author

Keywords:

ofshor moliyaviy markazlar, xalqaro moliya, soliq shaffofligi, CRS, AEOI, BEPS, FATCA, FATF, benefitsiar egalik, AML/CFT, xalqaro iqtisodiy hamkorlik.

Abstract

mazkur maqolada ofshor moliyaviy markazlar (OFC/XFC) va transchegaraviy moliya tuzilmalarining xalqaro moliya tizimidagi o‘rni, ularning iqtisodiy mohiyati hamda faoliyatini tartibga solishning zamonaviy xalqaro mexanizmlari atroflicha o‘rganiladi. Tadqiqotda OECDning avtomatik axborot almashish standarti (AEOI/CRS), BEPS tashabbusi, AQShning FATCA tizimi, FATFning benefitsiar egalik bo‘yicha standartlari hamda Yevropa Ittifoqining yuqori xavfli uchinchi davlatlarni aniqlash mexanizmlari tahlil qilingan. BIS, OECD va Tax Justice Networkning 2024–2026-yillardagi so‘nggi statistik va huquqiy ma’lumotlari asosida xalqaro moliya tizimidagi transchegaraviy kapital oqimlari hamda soliq bazasining qisqarishi xavflari baholangan. Maqola yakunida O‘zbekiston moliya-bank tizimida xalqaro axborot almashinuvini rivojlantirish, benefitsiar egalik reyestri aniqligini oshirish, riskka asoslangan nazoratni kuchaytirish va soliq qonunchiligini takomillashtirishga qaratilgan amaliy takliflar berilgan.

Author Biographies

  • Yuldasheva Umida

    TDIU “Xalqaro moliya” kafedrasi DSc., professor

    umida_yu@mail.ru

  • Olimova Soxiba Inamjon qizi

    TDIU “Xalqaro valyuta kredit munosabatlari” yo‘nalishi talabasi

    saxiba2004@gmail.com

References

Published

2026-10-14