JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA KASBIY XIZMATCHILAR EMOTSIONAL INTELLEKTINING KASBIY FAOLIYAT SAMARADORLIGIGA TA’SIRI

Authors

  • Djurayeva Mohida Valiyevna Author
  • I.I.Rejemetova Author

Keywords:

jamoat xavfsizligi, emotsional intellekt, kasbiy xizmatchilar, kasbiy faoliyat samaradorligi, psixologik barqarorlik, emotsional kompetensiya, stressga chidamlilik, empatiya, muloqot madaniyati, kasbiy tayyorgarlik, nizolarni boshqarish, xizmat intizomi, o‘zini boshqarish, ijtimoiy-psixologik omillar.

Abstract

Mazkur maqolada jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimida faoliyat yurituvchi kasbiy xizmatchilarning emotsional intellekti va uning kasbiy faoliyat samaradorligiga ta’siri yoritilgan. Emotsional intellektning o‘zini anglash, hissiyotlarni boshqarish, empatiya, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va samarali muloqot qilish kabi tarkibiy qismlari tahlil qilingan. Shuningdek, xizmat jarayonida yuzaga keladigan stressli vaziyatlarda ruhiy barqarorlikni saqlash, nizolarni bartaraf etish, fuqarolar bilan samarali munosabat o‘rnatish hamda mas’uliyatli qarorlar qabul qilishda emotsional intellektning ahamiyati asoslab berilgan. Maqolada kasbiy xizmatchilarning psixologik tayyorgarligini takomillashtirish, emotsional kompetensiyasini rivojlantirish va xizmat faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot mavzusining amaliy ahamiyati shundan iboratki, emotsional intellektni rivojlantirish xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish, fuqarolar bilan muloqot madaniyatini takomillashtirish va jamoat xavfsizligini ta’minlash jarayonida inson omilidan samarali foydalanishga yordam beradi.

Author Biographies

  • Djurayeva Mohida Valiyevna

    Jamoat xavfsizligi xizmati

    universiteti magistratura tinglovchisi

  • I.I.Rejemetova

    Ilmiy rahbar p.f.n. dotsent

References

Published

2026-10-10