SANOAT MAHSULOTLARINI CHAKANA REALIZATSIYA QILISHDA KONTRAGENT TO‘LOV RISKINING XARID NARXI VA RAQOBATBARDOSHLIKKA TA’SIRI
Keywords:
chakana savdo, sanoat mahsulotlari, savdo krediti, to‘lov riski, risk ustamasi, kontragent, risk reytingi, kichik biznes, raqobatbardoshlik.Abstract
Mazkur maqolada sanoat mahsulotlarini yetkazib beruvchi korxonalar va chakana savdo subyektlari o‘rtasidagi kechiktirilgan to‘lov munosabatlarida kontragentning to‘lov riski xarid narxi hamda raqobatbardoshlikka qanday ta’sir qilishi tahlil qilinadi. Yetkazib beruvchi narxida ishlab chiqarish, logistika va foyda marjasi bilan bir qatorda kutilayotgan undirilmaslik xavfi ham risk ustamasi sifatida aks etishi mumkin. Yirik savdo tarmoqlarining yuqori to‘lov intizomi ularga qulayroq ulgurji narx va to‘lov shartlarini olish imkonini berishi mumkin. Kichik savdo subyektlarida esa axborot yetishmasligi va yuqori defolt riski xarid narxining oshishiga olib kelishi ehtimoli mavjud. Maqolada STIR asosida kontragent riskini baholovchi raqamli risk reytingi tizimi konsepsiyasi taklif etiladi.