STARTAP LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI

Authors

  • Satvoldiyeva Dildora Mashrabovna Author

Keywords:

startap, startap loyihalari, moliyalashtirish mexanizmlari, innovatsion tadbirkorlik, venchur kapital, investitsiya, kraudfanding, biznes farishtalar, moliyaviy resurslar, grantlar, investitsiyaviy jozibadorlik, muqobil moliyalashtirish.

Abstract

Mazkur maqolada startap loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarining iqtisodiy mazmuni, ularning innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishdagi ahamiyati hamda moliyaviy resurslarni jalb etishning zamonaviy usullari yoritilgan. Shuningdek, startap loyihalarini moliyalashtirishda mavjud bo‘lgan muammolar, jumladan, dastlabki kapital yetishmovchiligi, investitsiyaviy xatarlar va moliyalashtirish manbalaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Maqolada venchur moliyalashtirish, biznes farishtalar investitsiyalari, kraudfanding, grantlar va boshqa muqobil moliyalashtirish vositalaridan samarali foydalanish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, startap loyihalarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, investitsion jozibadorligini oshirish va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Author Biography

  • Satvoldiyeva Dildora Mashrabovna

    Andijon shaxar 1-son texnikumi o‘qituvchisi

References

Published

2026-10-10