LALMIKOR YERLAR SHAROITIDA PHLOMOIDES ANISOCHILA VA PHLOMOIDES SOGDIANA TURLARINI MADANIYLASHTIRISHNING AGROFIZIK ASOSLARI

Authors

  • Xolbutayeva Muqaddas Mamatmuratovna Author

Keywords:

lalmi yerlar, agrotuproqshunoslik, agrofizika, Phlomoides anisochila, Phlomoides sogdiana, tuproq namligi, tuproq zichligi, qurg‘oqchilik, madaniylashtirish.

Abstract

Maqolada lalmi yerlar sharoitida Phlomoides anisochila va Phlomoides sogdianani madaniylashtirishning ilmiy-amaliy istiqbollari hamda mazkur jarayonda tuproqning agrofizik xususiyatlari va namlik rejimining ahamiyati tahlil qilinadi. Lalmi dehqonchilik sharoitida o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi tabiiy yog‘ingarchilik miqdori, tuproqning suvni singdirish va saqlash qobiliyati, hajmiy zichligi, strukturasi hamda harorat rejimi bilan chambarchas bog‘liq. O‘zbekiston florasida uchraydigan Ph. anisochila va Ph. sogdiana turlarining morfobiologik xususiyatlari va tarqalishiga oid avvalgi tadqiqotlar ushbu turlarni tabiiy sharoitga mos holda o‘rganish uchun muhim ilmiy asos hisoblanadi. Maqolada mazkur turlarni lalmi yerlarda yetishtirish imkoniyatlarini baholashda tuproq namligi dinamikasi, ildiz tizimining rivojlanishi, fenologik ko‘rsatkichlar va biomassa hosil bo‘lishini kompleks o‘rganish zarurligi asoslanadi.

Author Biography

  • Xolbutayeva Muqaddas Mamatmuratovna

    Jizzax politexnika instituti AL o‘qituvchsi, PhD

References

Published

2026-10-10