HINDIY TILI QAVM-QARINDOSHLIK ATAMALARINING SUFFIKSAL SO‘Z YASASH MODELLARI

Authors

  • Abdullayeva Zebunniso Toxirbek qizi Author

Keywords:

hindiy tili, qavm-qarindoshlik atamalari, morfologik struktura, so‘z yasash modellari, suffiksatsiya, derivatsiya, morfofonologiya, gender differensiatsiyasi, komponent tahlil, leksema.

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy hindiy tili qavm-qarindoshlik terminologiyasining morfologik tuzilishi hamda suffiksal so‘z yasash modellari kompleks tahlil qilinadi. Hindiy tili qarindoshlik leksikasi o‘zining nozik differensiatsiyasi, qon-qardoshlik va qudachilik munosabatlarini qat’iy farqlanishi hamda boy derivatsion salohiyati bilan ajralib turadi. Tadqiqot doirasida muzakkar asoslardan muannas qarindoshlik birliklarini hosil qiluvchi unumli affikslar (-ī, -ānī, -in), o‘gaylik munosabatlarini bildiruvchi suffikslar (-elā, -elī) hamda kichraytirish-erkalash semantikasini shakllantiruvchi vositalar (-iyā, -ū) morfem va komponent tahlil usullari vositasida yoritilgan. Shuningdek, derivatsiya jarayonida morfemalar chegarasida ro‘y beradigan unlilar eliziyasi, ichki bo‘g‘in sinkopasi va fonetik reduksiya kabi morfofonologik qonuniyatlar aniqlangan. Tadqiqot natijalari hind-oriy tillarida qarindoshlik tizimining ichki derivatsion imkoniyatlarini, gender differensiatsiyasining lisoniy ifodalanishini hamda leksikografik amaliyotni boyitishda muhim nazariy-amaliy manba bo‘lib xizmat qiladi.

Author Biography

  • Abdullayeva Zebunniso Toxirbek qizi

    Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti magistranti

References

Published

2026-10-10