GARCIA LORCA ASARLARIDA AYOL OBRAZI VA SHAXSIY IDENTITET KONSEPTINING LINGVOMADANIY IFODASI

Authors

  • Kurbanova Nafosat Bakoyevna Author

Keywords:

Federico García Lorca, ayol obrazi, identitet, identidad, deseo, libertad, honra, rebeldía, lingvomadaniyat, ispan adabiyoti, gender, dramatik obraz.

Abstract

Mazkur maqolada ispan adabiyotining yirik vakili Federico García Lorca ijodida ayol obrazi va shaxsiy identitet konseptining badiiy-lingvomadaniy ifodalanishi tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy materiali sifatida García Lorcaning Bodas de sangre, Yerma, La casa de Bernarda Alba va Mariana Pineda kabi dramatik asarlari tanlangan. Tahlil jarayonida ayol qahramonlarning jamiyat, oila, an’ana, axloqiy me’yorlar va shaxsiy istaklar o‘rtasidagi munosabati o‘rganiladi. García Lorca ijodida ayol obrazi passiv mavjudot sifatida emas, balki o‘zligini anglash, shaxsiy tanlovini amalga oshirish va mavjud ijtimoiy chegaralarni yengib o‘tishga intiluvchi murakkab badiiy subyekt sifatida namoyon bo‘lishi aniqlanadi. Ayniqsa, Adela, Yerma, Kelinning (La Novia) va Mariana Pineda obrazlari orqali “identidad”, “deseo”, “honra”, “libertad”, “rebeldía”, “maternidad” va “autoridad” konseptlarining o‘zaro aloqasi ochib beriladi. Tadqiqot natijalari Lorca poetikasida ayol identiteti shaxsiy istak va ijtimoiy majburiyat o‘rtasidagi konflikt asosida shakllanishini ko‘rsatadi.

Author Biography

  • Kurbanova Nafosat Bakoyevna

    O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘qituvchisi

References

Published

2026-10-09