INTELEKTUAL RIVOJLANISHIDA NUQSONI BO‘LGAN (AQLI ZAYIF) O‘SMIRLARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH VA MUSTAQIL HAYOTGA INTEGRATSIYALASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
intellektual rivojlanish, o‘smirlar, kasb-hunar, kasbga yo‘naltirish, mustaqil hayot, ijtimoiy integratsiya, inklyuziv ta’lim, maxsus pedagogika, mehnat ko‘nikmalari, ijtimoiy moslashuv.Abstract
Ushbu maqolada intellektual rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘smirlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ularni mustaqil hayotga tayyorlash masalalari yoritilgan. Mazkur toifadagi o‘smirlarning individual imkoniyatlari, qiziqishlari va amaliy qobiliyatlarini hisobga olgan holda kasbiy ta’limni tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari tahlil qilinadi. Shuningdek, kasb tanlashga tayyorlash, amaliy mashg‘ulotlar, ijtimoiy-maishiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, oila, maxsus pedagog va ish beruvchilar hamkorligini kuchaytirish orqali o‘smirlarning jamiyatga integratsiyalashuvini ta’minlash yo‘llari taklif etiladi. O‘zbekistonda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va kasbiy tayyorgarlikni rivojlantirishga oid me’yoriy asoslar ham ko‘rib chiqiladi.