XAVFSIZLIK SEKTORIDA DASTURIY-MAQSADLI BYUDJETLASHTIRISH VA HAYOT SIKLI QIYMATINI HISOBGA OLISHNING XORIJIY TAJRIBASI HAMDA UNI QO‘LLASH IMKONIYATLARI
Keywords:
harbiy-ma’muriy sektor, jamoat xavfsizligi, moliyalashtirish mexanizmi, dasturiy-maqsadli byudjetlashtirish, o‘rta muddatli byudjet, hayot sikli qiymati, ichki audit, mudofaa iqtisodiyoti.Abstract
Maqolada jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimidagi harbiy-ma’muriy sektorni moliyalashtirishning nazariy asoslari, amaldagi mexanizmi va uning samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Smeta asosidagi moliyalashtirishdan dasturiy-maqsadli va o‘rta muddatli byudjetlashtirishga o‘tish zarurati asoslanib, AQShning rejalashtirish, dasturlash, byudjetlashtirish va ijro (PPBE) tizimi hamda OECD mamlakatlari tajribasi qiyosiy o‘rganilgan. O’rganish natijasida harbiy-ma’muriy sektor xarajatlarini funksional-dasturiy tasniflash, qurol-yarog‘ va texnikaning to‘liq hayot sikli qiymatini hisobga olish hamda ichki audit va moliyaviy nazoratni kuchaytirishga qaratilgan moliyalashtirish mexanizmining takomillashtirilgan modeli taklif etilgan.