MUSTAQILLIK DAVRI O‘ZBEK HIKOYACHILIGIDA FOLKLORIZMLAR VA ETNOMADANIY KONTEKST
Keywords:
folklorizm, etnomadaniy kontekst, mustaqillik davri hikoyachiligi, mif, arxetip, motiv, stilizatsiya, milliy kolorit, organik folklorizm, janrlararo sintez.Abstract
Maqolada mustaqillik davri o‘zbek hikoyachiligida folklor an’analarining badiiy talqini masalasi Nazar Eshonqul, Murod Muhammad Do‘st va Luqmon Bo‘rixon hikoyalari misolida tadqiq etiladi. Istiqlol yillarida yozma adabiyotning folklorga yangicha munosabatini belgilagan ijtimoiy-madaniy omillar aniqlanib, folklor an’analarining badiiy matnga singishi syujet-motiv, obraz, janr-uslub, til hamda marosim-etnografiya sathlarida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida illyustrativ folklorizmdan organik folklorizmga o‘tish, mif va tarixiy xotiraning uyg‘unlashuvi, ironik stilizatsiya va dekonstruksiya, etnografik detallarning psixologizatsiyasi hamda janrlararo sintez kabi yangi tendensiyalar asoslab beriladi. Janrlararo sintez janrlarning shunchaki aralashuvi emas, balki bir-biriga mutanosib tushgan uzviy zanjir sifatida talqin qilinadi.