IS’HOQXON IBRATNING TILSHUNOSLIK VA MA’RIFATPARVARLIK FAOLIYATI: MILLIY TA’LIM VA ILMIY MEROSNING QATAG‘ON DAVRIDAGI TAQDIRI

Authors

  • Toxirov Azizbek Zokirjon o‘g‘li Author
  • Muqumjon Axunov Muhammadaminovich Author

Keywords:

Is’hoqxon Ibrat, qatag‘on qurbonlari, jadidchilik, ma’rifatparvarlik, tilshunoslik, ko‘p tillilik, Lug‘ati sitta-alsina, Jome’ ul-xutut, Matbaai Ishoqiya, yangi usul maktabi, tarixiy xotira.

Abstract

Mazkur maqolada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiston ma’rifiy muhitining shakllanishida muhim o‘rin tutgan Is’hoqxon Junaydullaxo‘ja o‘g‘li Ibratning tilshunoslik, pedagogik, noshirlik va tarixshunoslik faoliyati kompleks tarzda tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy e’tibori Ibratning ko‘p tillilikni targ‘ib etishi, “Lug‘ati sitta-alsina”, “Jome’ ul-xutut” kabi ilmiy asarlari hamda “Matbaai Ishoqiya” faoliyatining o‘zaro bog‘liqligiga qaratiladi. Shuningdek, ma’rifatparvarning yangi usul maktablari tashkil etish va ilmiy-ma’rifiy adabiyotlarni ommalashtirishdagi faoliyati tahlil qilinadi. Maqolada Ibrat merosini faqat jadidchilik tarixining bir qismi sifatida emas, balki til, ta’lim, nashriyot va tarixiy xotirani birlashtirgan yaxlit intellektual loyiha sifatida talqin qilish taklif etiladi. Tadqiqotning alohida qismida 1937-yilgi qatag‘onning Ibrat hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Natijada Ibrat faoliyatining markazida xalqni zamonaviy bilim, til va yozuv vositalari orqali ma’rifatga olib chiqish g‘oyasi turgani asoslanadi.

Author Biographies

  • Toxirov Azizbek Zokirjon o‘g‘li

    Andijon davlat chet tillari instituti talabasi

  • Muqumjon Axunov Muhammadaminovich

    (PhD) filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori,professor

    E-mail: muqumjon.axunov@bk.ruIlmiy rahbar

References

Published

2026-10-07