MADANIYAT SOHASIDA BOSHQARUV MENEJMENTI VA UNING ZAMONAVIY USLUBLARI
Keywords:
madaniyat menejmenti, strategik boshqaruv, madaniyat tashkilotlari, innovatsion boshqaruv, loyiha menejmenti, raqamli transformatsiya, inson resurslari, madaniy xizmat, marketing, samaradorlik.Abstract
Mazkur maqolada madaniyat sohasida boshqaruv menejmentining nazariy va amaliy asoslari, zamonaviy boshqaruv uslublari hamda innovatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy e’tibori madaniyat va san’at tashkilotlarida strategik boshqaruv, loyiha menejmenti, inson resurslarini boshqarish, raqamli transformatsiya, marketing va natijadorlikni baholash mexanizmlarining o‘zaro bog‘liqligiga qaratilgan. Tadqiqotda ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv, xalqaro tajribani o‘rganish va umumlashtirish metodlaridan foydalanildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, madaniyat tashkilotlarida an’anaviy ma’muriy boshqaruvdan strategik, raqamli va natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv modeliga o‘tish tashkilotlarning institutsional barqarorligi va madaniy xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.