TIBBIYOTDA SUN’IY INTELLEKT VA ROBOTOTEXNIKA: DIAGNOSTIKA VA DAVOLASH JARAYONLARINI OPTIMALLASHTIRISH YO‘LLARI

Authors

  • Jo‘raqulova Nozila Yo‘lchi qizi Author
  • Abduqodirov Nuriddin Faxriddin o‘g‘li Author

Keywords:

sun’iy intellekt, chuqur o‘qitish, tibbiy robototexnika, robot yordamidagi jarrohlik, kompyuterli diagnostika, raqamli sog‘liqni saqlash, klinik qarorlarni qo‘llab-quvvatlash.

Abstract

Maqolada sun’iy intellekt (SI) va tibbiy robototexnikaning diagnostika hamda davolash jarayonlarini optimallashtirishdagi o‘rni tahlil qilingan. 2016–2025-yillarda yuqori reytingli xalqaro jurnallarda chop etilgan klinik tadqiqotlar, tizimli sharhlar va rasmiy statistik ma’lumotlar qiyosiy-tahliliy usulda o‘rganildi. Chuqur o‘qitish algoritmlari oftalmologiya, dermatologiya, kardiologiya va onkologik skriningda mutaxassislar darajasidagi aniqlikka (AUC 0,93–0,99) erishgani, mammografik skriningda esa rentgenolog yuklamasini 44% ga kamaytirgani ko‘rsatildi. Robot yordamidagi jarrohlik amaliyotlari soni 2019–2025-yillarda 2,6 barobarga oshib, o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 17,0% ni tashkil etgani aniqlandi. Tahlil natijalari asosida diagnostika–davolash–reabilitatsiya zanjirida SI va robotlashtirilgan tizimlarni bosqichma-bosqich joriy etish modeli hamda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi uchun amaliy takliflar ishlab chiqildi.

Author Biographies

  • Jo‘raqulova Nozila Yo‘lchi qizi

    Samarqand davlat tibbiyot universiteti

    Davolash ishi fakulteti talabasi

    nozilajoraqulova@gmail.com

  • Abduqodirov Nuriddin Faxriddin o‘g‘li

    Samarqand davlat tibbiyot universiteti assistenti

    abduqodirovnuriddin295@gmail.comIlmiy rahbar

References

Published

2026-10-05