O‘ZBEKISTONDA BARQAROR MOLIYA BOZORINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Keywords:
barqaror moliya, moliya bozori, yashil moliya, yashil obligatsiyalar, kapital bozori, investitsiya, ESG tamoyillari, moliyaviy barqarorlik, ekologik loyihalar, yashil iqtisodiyot, moliyaviy instrumentlar.Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekistonda barqaror moliya bozorini shakllantirish va rivojlantirishning zamonaviy yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Barqaror moliya bozori iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bilan bir qatorda ekologik va ijtimoiy omillarni moliyaviy qarorlar tizimiga integratsiya qilishga xizmat qiluvchi muhim mexanizm sifatida qaraladi. Tadqiqotda O‘zbekiston moliya bozorining rivojlanish tendensiyalari, yashil moliyalashtirish, yashil obligatsiyalar, ekologik loyihalarni kreditlash, kapital bozorini chuqurlashtirish hamda investitsiya resurslarini diversifikatsiya qilish masalalari yoritilgan. O‘zbekistonda 2019–2030-yillarga mo‘ljallangan yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi doirasida moliyaviy va nomoliyaviy mexanizmlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgani qayd etiladi. Maqolada barqaror moliya bozorining institutsional asoslarini takomillashtirish, moliyaviy instrumentlarni kengaytirish, ESG tamoyillarini joriy etish, investorlar huquqlarini himoya qilish va moliyaviy savodxonlikni oshirish O‘zbekiston uchun istiqbolli yo‘nalishlar sifatida ko‘rib chiqiladi.