IQLIM SHAROITLARINING SURUNKALI RINOSINUSIT KLINIKASI VA BURUN SHILLIQ QAVATI FUNKSIONAL HOLATIGA TA’SIRI

Authors

  • Muzafarov N.N. Author

Keywords:

surunkali rinosinusit, iqlim, harorat, namlik, mukotsiliar klirens, burun shilliq qavati, PM2.5.

Abstract

Surunkali rinosinusit (SRS) dunyo bo’ylab keng tarqalgan yallig’lanish kasalliklaridan biri bo’lib, uning kechishiga atrof-muhit omillari, jumladan, iqlim sharoitlari ta’sir ko’rsatishi haqida ma’lumotlar ortib bormoqda. Ushbu sharhda harorat, havo namligi va havo ifloslanishining SRS klinik kechishiga hamda burun shilliq qavatining funksional holatiga (birinchi navbatda mukotsiliar klirensga) ta’siri bo’yicha xalqaro adabiyotlar tahlil qilindi. Tahlil shuni ko’rsatdiki, past harorat va quruq havo mukotsiliar klirensni sekinlashtiradi, mayda dispers zarrachalar (PM2.5) esa kasallikning paydo bo’lishi va og’irligi bilan bog’liq. Shu bilan birga, turli geografik hududlarda olingan natijalar bir xil emas, bu esa aniq mintaqaviy tadqiqotlar zarurligini ko’rsatadi.

Author Biography

  • Muzafarov N.N.

    Buxoro davlat tibbiyot instituti, Otorinolaringologiya kafedrasi.

References

Published

2026-09-28