XIZMAT KO‘RSATISH KORXONALARIDA BIZNES JARAYONLARINI RAQAMLASHTIRISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI

Authors

  • Nоrmurоdоvа Zulfiyа Izаtullаyevnа Author

Keywords:

raqamli transformatsiya, raqamlashtirish, biznes jarayonlari, xizmat ko‘rsatish korxonalari, iqtisodiy samaradorlik, raqamli texnologiyalar, mehnat unumdorligi, operatsion xarajatlar, xizmatlar bozori, raqamli boshqaruv.

Abstract

Mazkur maqolada raqamli transformatsiya sharoitida xizmat ko‘rsatish korxonalarida biznes jarayonlarini raqamlashtirishning iqtisodiy samaradorligi tadqiq etilgan. Xizmat ko‘rsatish korxonalarida buyurtmalarni qayta ishlash, elektron to‘lovlar, resurslarni boshqarish, elektron hujjat aylanishi, hisob-kitob va boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirishning iqtisodiy mazmuni yoritilgan. Raqamlashtirishning operatsion xarajatlarni kamaytirish, xizmat ko‘rsatish vaqtini qisqartirish, mehnat unumdorligini oshirish, resurslardan foydalanish samaradorligini yaxshilash va xizmatlar hajmini kengaytirishga ta’siri tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasining rasmiy statistik ma’lumotlari asosida xizmatlar bozorining rivojlanishi va aloqa hamda axborotlashtirish xizmatlarining o‘sish tendensiyalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida xizmat ko‘rsatish korxonalarida biznes jarayonlarini raqamlashtirishning iqtisodiy samaradorligini shakllantirish modeli taklif etilgan hamda uni baholash uchun asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqilgan. Raqamlashtirishning iqtisodiy samarasi texnologiyaning o‘zi bilan emas, balki uning biznes jarayonlari, resurslardan foydalanish va korxonaning yakuniy iqtisodiy natijalariga ta’siri orqali namoyon bo‘lishi asoslangan.

Author Biography

  • Nоrmurоdоvа Zulfiyа Izаtullаyevnа

    ISFT Sаmаrqаnd filiаli “Iqtisоdiyоt vа ахbоrоt teхnоlоgiyаlаri” kаfedrаsi o’qituvchisi
    E-mаil: zulyаnоrm@gmаil.cоm
    Tel: +998936051410

References

Published

2026-09-28