AQLLI LIBOSLAR DIZAYNIDA TEKSTIL DATCHIKLARI VA MIKROKONTROLLERLI TIZIMLARNI INTEGRATSIYA QILISH TEXNOLOGIYASINI TADQIQ ETISH
Keywords:
aqlli liboslar, tekstil datchiklari, mikrokontrollerli tizimlar, avtomatlashtirilgan monitoring, birlamchi o‘zgartirgich, raqamli filtrlash, bosma elektronika, statsionar bo‘lmagan ob'ekt, dinamik xatolik, signal-shovqin nisbati.Abstract
Ushbu maqolada aqlli liboslar muhitida tekstil datchiklari va mikrokontrollerli tizimlarni komponentlar darajasida integratsiya qilish texnologiyalari axborot-boshqaruv tizimlari muhandisligi nuqtai nazaridan tadqiq etilgan. To‘qimachilik va tikuvchilik sanoatini raqamlashtirish sharoitida kiyim konstruksiyasi statsionar bo‘lmagan, ko‘p parametrli dinamik boshqaruv ob’ekti sifatida tahlil qilingan. Jahon ilmiy amaliyotidagi SeamFit, FibeRobo va bosma elektronika texnologiyalarining ishlash prinsiplari hamda ularni mikrokontrollerli apparat platformalari bilan koordinatsiyalash masalalari ko‘rib chiqilgan. Datchiklardan olinadigan analog signallarni dasturiy-apparat darajasida avtomatik filtrlash, tana harakati davomida yuzaga keladigan dinamik shovqinlarni kompensatsiyalash va ma’lumotlar uzatish traktida signal-shovqin nisbatini optimallashtirish algoritmlari ilmiy asoslangan.