FARMAKOLOGIK EFFEKT, DORI MODDALARINING O‘ZARO TA’SIRI VA MOS KELMASLIGI

Authors

  • Abdusamatov To'lqin Turdaliyevich Author

Keywords:

farmakologik effekt, dori moddasi, farmakodinamika, farmakokinetika, dori vositalarining o‘zaro ta’siri, mos kelmaslik, farmatsevtik nomutanosiblik, terapevtik samaradorlik, nojo‘ya ta’sir, metabolizm, retseptor.

Abstract

Ushbu maqolada farmakologik effekt tushunchasi, dori moddalarining organizmga ta’sir qilish mexanizmlari, farmakodinamik va farmakokinetik o‘zaro ta’sirlar hamda dori vositalarining mos kelmasligi masalalari yoritilgan. Dori vositalaridan oqilona foydalanishda ularning organizmdagi so‘rilishi, taqsimlanishi, metabolizmi va chiqarilishi bilan bir qatorda, boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta’sirini hisobga olish muhim hisoblanadi. Dori vositalarining birgalikda qo‘llanishi ayrim hollarda terapevtik samarani kuchaytirishi, boshqa holatlarda esa nojo‘ya ta’sirlarning yuzaga kelishiga yoki davolash samaradorligining pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Maqolada farmatsevtik, farmakokinetik va farmakodinamik mos kelmaslikning asosiy xususiyatlari hamda ularni oldini olishning klinik ahamiyati tahlil qilingan.

Author Biography

  • Abdusamatov To'lqin Turdaliyevich

    Farmokologiya va retseptura asoslari fani o‘qituvchisi

References

Published

2026-09-27