BOLALARDA YURAK-QON TOMIR TIZIMINING ANATOMIK VA YOSHGA BOG‘LIQ XUSUSIYATLARI

Authors

  • Shukurova Jasmina Yulchi qizi Author
  • Shopo'latova Dilnavo Erkin qizi Author
  • Tojiyeva Dilnoza Tulqin qizi Author
  • Abduraimov Zafar Author

Keywords:

yurak, qon tomirlari, bolalar anatomiyasi, yurak-qon tomir tizimi, yoshga bog‘liq xususiyatlar, yurak bo‘lmachalari, qorinchalar, aorta, o‘pka arteriyasi, qon aylanish doirasi, topografik anatomiya.

Abstract

Yurak-qon tomir tizimi inson organizmining hayotiy faoliyatini ta’minlovchi asosiy tizimlardan biri bo‘lib, to‘qima va a’zolarga kislorod hamda oziq moddalarni yetkazib berish, moddalar almashinuvi mahsulotlarini chiqarish va organizmning ichki muhitini barqaror saqlashda muhim ahamiyatga ega. Bolalik davrida yurak va qon tomirlarining anatomik tuzilishi kattalarnikidan sezilarli darajada farq qiladi. Bola tug‘ilganidan boshlab yurakning joylashuvi, shakli, hajmi, bo‘lmacha va qorinchalar nisbati, qon tomirlar diametri hamda qon aylanish tizimining morfologik xususiyatlari bosqichma-bosqich o‘zgarib boradi. Ayniqsa, tug‘ruqdan keyingi davrda homila qon aylanishidan mustaqil qon aylanishiga o‘tish yurak-qon tomir tizimida muhim anatomik va funksional o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi. Ushbu maqolada bolalar yurak-qon tomir tizimining anatomik tuzilishi, yurakning topografiyasi, yurak bo‘limlarining yoshga bog‘liq xususiyatlari, katta va kichik qon aylanish doiralari, qon tomirlarning tuzilishi hamda bolalik davrida ushbu tizimning rivojlanish xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, bolalar yurak-qon tomir tizimining anatomik xususiyatlarini bilish pediatriya va klinik amaliyotdagi ahamiyati ko‘rib chiqilgan.

Author Biographies

  • Shukurova Jasmina Yulchi qizi

    Samarqand davlat tibbiyot universiteti Stomatologiya fakulteti 2-bosqich talabasi.

  • Shopo'latova Dilnavo Erkin qizi

    Samarqand davlat tibbiyot universiteti   Pediatriya fakulteti 3-kurs talabasi

  • Tojiyeva Dilnoza Tulqin qizi

    Samarqand davlat tibbiyot universiteti Boshqaruv
    va menejment fakulteti Fundamental tibbiyot
    yunalishi 3-bosqich talabasi.

  • Abduraimov Zafar

    SamDTU Odam anatomiyasi kafedrasi o’qituvchisi, assistent

References

Published

2026-09-11