RAQAMLI ISHLAB CHIQARISH SHAROITIDA O‘LCHASHLAR ISHONCHLILIGINI TA’MINLASHNING METROLOGIK VA STANDARTLASHTIRISH MEXANIZMLARI

Authors

  • Tairov Baxtiyor Boboqulovich Author

Keywords:

metrologiya, standartlashtirish, o‘lchash, o‘lchash vositasi, metrologik kuzatiluvchanlik, kalibrlash, qiyoslash, o‘lchash noaniqligi, raqamli ishlab chiqarish, sifat nazorati.

Abstract

Maqolada raqamli ishlab chiqarish sharoitida o‘lchash natijalarining ishonchliligini ta’minlashda metrologiya va standartlashtirishning integrativ imkoniyatlari tahlil qilingan. O‘lchash vositasini tanlash, metrologik kuzatiluvchanlikni ta’minlash, qiyoslash va kalibrlash, o‘lchash noaniqligini baholash, standart talablariga muvofiqlikni nazorat qilish hamda olingan ma’lumotlar asosida korreksion qaror qabul qilish jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligi asoslangan. Ishlab chiqarishda o‘lchashlar ishonchliligini boshqarish uchun “metrologik-standartlashtirish konturi” taklif etilgan.

Author Biography

  • Tairov Baxtiyor Boboqulovich

    texnika fanlari nomzodi, dotsent
    Buxoro davlat texnika universiteti “Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash” kafedrasi mudiri

References

Published

2026-09-10