MATEMATIKA FANINI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
Keywords:
matematika, interfaol ta’lim, pedagogik texnologiya, matematik tafakkur, mustaqil fikrlash, muammoli ta’lim, guruhli ta’lim, “Aqliy hujum”, “Klaster”, raqamli texnologiyalar.Abstract
Ushbu maqolada matematika fanini zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Interfaol ta’lim metodlarining o‘quvchilarning matematik bilimlarini o‘zlashtirishi, mantiqiy va mustaqil fikrlashi, muammoli vaziyatlarni tahlil qilishi hamda o‘z fikrini asoslay olish qobiliyatini rivojlantirishdagi o‘rni ko‘rib chiqilgan. Maqolada “Aqliy hujum”, “Klaster”, “BBB”, “Juftlikda ishlash”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Muammoli ta’lim”, “Aqliy xarita” kabi metodlardan matematika darslarida foydalanish usullari va amaliy misollar keltirilgan. Shuningdek, interfaol metodlarni raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish, o‘quvchilar faoliyatini baholash va o‘qituvchining darsdagi roli haqida tavsiyalar berilgan.