YIRIK NASOS STANSIYALARIDA AGREGATLARNI ISHGA TUSHIRISH-TO‘XTATISH JARAYONLARINI TAHLIL QILISH VA FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI

Authors

  • Yusupova Nargiza Eshpulatovna Author

Keywords:

nasos agregati, ishga tushirish jarayoni, bosim pulsatsiyasi, titrash amplitudasi, elektrodinamik tormozlash, energiya tejamkorligi, foydali ish koeffitsiyenti.

Abstract

Maqolada yirik magistral kanal kaskadidagi nasos stansiyalari agregatlarini ishga tushirish va to‘xtatish jarayonlarida yuzaga keladigan gidrodinamik va titrash zo‘riqishlarini tahlil qilish hamda stansiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llarini asoslash maqsad qilib olingan. Tadqiqotda tajriba-kuzatuv usuli, bosim pulsatsiyasi va titrash amplitudasini o‘lchash natijalarini tahlil qilish, shuningdek elektrodinamik tormozlash va havo berish usullarining samaradorligini baholash metodikasi qo‘llanildi. Natijalarga ko‘ra, nasosni ishga tushirish jarayonida bosim pulsatsiyasining ikkilik amplitudasi ishchi naporning 40–50 foizigacha yetishi, ayrim qismlarning titrashi esa me’yordan 10 barobargacha oshishi aniqlandi. Yo‘naltiruvchi apparat chiqish zonasiga nasos unumdorligining 0,7 foizi miqdorida bosimli havo berish bosim pulsatsiyasini 2 barobar kamaytirishi, elektrodinamik tormozlash usuli esa avariyali to‘xtash paytidagi bosim amplitudasini 80–100 foizgacha pasaytirishi ko‘rsatildi. Shuningdek, tahlil qilingan stansiya agregatlarining foydali ish koeffitsiyenti optimal qiymatdan (86%) o‘rtacha 11,4 foizga past ekanligi, natijada yiliga kaskad bo‘yicha 23,6–35,4 mln. kVt·soat elektr energiyasi ortiqcha sarflanishi mumkinligi hisoblab chiqarildi. Olingan natijalar yirik nasos stansiyalarida energiya tejamkorligini oshirish va agregatlar ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Author Biography

  • Yusupova Nargiza Eshpulatovna

    Ягона бошкарув компанияси МЧЖ Назоратчи инспектор

References

Published

2026-09-10