OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA MOLIYAVIY NAZORAT VA ICHKI AUDIT MEXANIZMLARINI XALQARO TAJRIBA ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
oliy ta’lim muassasalari, moliyaviy nazorat, ichki audit, ichki nazorat, xorijiy tajriba, moliyaviy boshqaruv, riskka asoslangan audit, samaradorlik auditi, raqamlashtirish, moliyaviy shaffoflik, hisobdorlik.Abstract
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy nazorat va ichki audit mexanizmlarini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy resurslardan samarali va maqsadli foydalanish, moliyaviy intizomni mustahkamlash, mavjud risklarni aniqlash hamda moliyaviy boshqaruvning shaffofligi va hisobdorligini ta’minlashda ichki auditning ahamiyati yoritilgan. Xorijiy mamlakatlarning oliy ta’lim tizimida moliyaviy nazorat va ichki auditni tashkil etish tajribasi qiyosiy tahlil qilinib, riskka asoslangan audit, samaradorlik auditi, raqamli nazorat va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganilgan. Shuningdek, xalqaro tajribani O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga moslashtirish imkoniyatlari baholanib, moliyaviy nazoratning samaradorligini oshirish, ichki audit xizmatlarining mustaqilligini ta’minlash, moliyaviy risklarni boshqarish va nazorat jarayonlarini raqamlashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.