BRONXIAL ASTMADA QONDAGI IMMUNOLOGIK O‘ZGARISHLAR: ZAMONAVIY TASAVVURLAR
Keywords:
bronxial astma, immunologik o‘zgarishlar, IgE, eozinofiliya, sitokinlar, Th2-yallig‘lanish, T-regulyator hujayralar.Abstract
Bronxial astma (BA) — havo yo‘llarining surunkali yallig‘lanishi bilan kechuvchi, geterogen patogenezga ega kasallik bo‘lib, uning rivojlanishida immun tizimning turli bo‘g‘inlari, xususan T-limfotsitlar, B-limfotsitlar, eozinofillar, tuchno hujayralar (mast-hujayralar) va ularning sitokin mahsulotlari markaziy o‘rin tutadi. Ushbu maqolada bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarda periferik qonda kuzatiladigan immunologik o‘zgarishlar — Th2-bog‘liq sitokinlar profili, IgE darajasi, eozinofiliya, eozinofil kationik oqsili (ECP), shuningdek Th1/Th2/Th17/Treg muvozanatining buzilishi tahlil qilingan. Zamonaviy adabiyot ma’lumotlari asosida kasallikning T2-yuqori va T2-past fenotiplari, ularning laborator-immunologik ko‘rsatkichlari va bu ko‘rsatkichlarning klinik amaliyotda tashxis hamda davolashni monitoring qilishdagi ahamiyati yoritilgan.