SPEAKING KO’NIKMASINI MUSTAQIL O’RGANUVCHILAR O’RTASIDA RIVOJLANTIRISH USULLARI VA BUNDA VISUAL AXBOROTNING O’RNI

Authors

  • Habibullayeva So’g’diyona Sherzod qizi Author

Keywords:

speaking ko'nikmasi, mustaqil ta'lim, visual axborot, audio-vizual materiallar, motivatsiya, kommunikativ kompetensiya, raqamli ta'lim vositalari.

Abstract

Mazkur maqolada chet tilini mustaqil o'rganuvchi shaxslar o'rtasida gapirish (speaking) ko'nikmasini rivojlantirishning samarali usullari va bu jarayonda visual axborotning tutgan o'rni tahlil qilinadi. Mustaqil ta'lim sharoitida o'quvchi klassik auditoriya muhitidan farqli holda o'z bilim va ko'nikmalarini mustaqil boshqarishga majbur bo'ladi, bu esa nutq faoliyatini rivojlantirishda qo'shimcha metodik yondashuvlarni talab qiladi. Tadqiqotda video materiallar, infografika, tasvirlar, subtitrli kontent va raqamli platformalar (YouTube, TED Talks, mobil ilovalar) orqali visual axborotdan foydalanishning nutq ravonligi, so'z boyligi va o'z fikrini erkin ifodalash ko'nikmalariga ta'siri ko'rib chiqiladi. Xorijiy va mahalliy tadqiqotchilarning ishlariga tayanilgan holda, mustaqil o'rganuvchilar uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Author Biography

  • Habibullayeva So’g’diyona Sherzod qizi

    Samarqand davlat chet tillari  instituti 3-bosqich talabasi.

References

Published

2026-09-09