ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARNI RIVOJLANTIRISHDA OTA-ONA VA SURDOPEDAGOG HAMKORLIGINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI

Authors

  • Absalomova Nodira Uchqun qizi Author

Keywords:

eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar, surdopedagogika, ota-ona, pedagogik hamkorlik, inklyuziv ta’lim, korreksion rivojlantirish, kommunikatsiya, nutq, ijtimoiy moslashuv.

Abstract

Mazkur maqolada eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning rivojlanishi, ta’lim-tarbiyasi va ijtimoiy moslashuvida ota-ona hamda surdopedagog hamkorligining ahamiyati yoritiladi. Eshitish buzilishi bolaning faqat tovushlarni qabul qilishiga emas, balki uning nutqiy, kommunikativ, bilish va ijtimoiy rivojlanishiga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli korreksion-pedagogik jarayonni faqat ta’lim muassasasi bilan cheklamasdan, oilaviy muhit bilan uzviy bog‘lash zarur. Maqolada R.M. Boskis, L.V. Neyman, M. Marschark kabi olimlarning ilmiy qarashlari tahlil qilinib, O‘zbekiston Respublikasining ta’lim va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlariga oid qonunchiligi asosida ota-ona va surdopedagog hamkorligining asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, uy sharoitida rivojlantiruvchi faoliyatni tashkil etish va ota-onalarning pedagogik kompetensiyasini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.

Author Biography

  • Absalomova Nodira Uchqun qizi

    Toshkent xalqaro kimyo universiteti “Maxsus pedagogika’’ta’lim yo’nalishi talabasi.

     

References

Published

2026-09-09