MONETAR TRANSMISSIYA MEXANIZMLARI VA ULARNING O'ZBEKISTON IQTISODIYOTIGA TA'SIRI: EMPIRIK TAHLIL

Authors

  • Bo'riyeva Marjona Tulqin qizi Author
  • Mohichehra Turobjonovna Author

Keywords:

monetar transmissiya, foiz stavkasi kanali, kredit kanali, valyuta kursi kanali, VAR modeli, inflyatsiya, pul-kredit siyosati, O'zbekiston.

Abstract

Ushbu maqolada monetar transmissiya mexanizmlarining nazariy asoslari tizimlashtirilib, ularning O'zbekiston iqtisodiyotidagi empirik ko'rinishi o'rganilgan. Tadqiqotda foiz stavkasi kanali, kredit kanali, valyuta kursi kanali va aktivlar narxi kanali kabi asosiy transmissiya yo'llari tahlil qilingan. 2017–2023 yillar oralig'idagi choraklik ma'lumotlar asosida vektor avtoregresiya (VAR) modeli qo'llanilib, har bir kanalning inflyatsiya va yalpi ichki mahsulot dinamikasiga ta'siri miqdoriy jihatdan baholangan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, O'zbekistonda foiz stavkasi kanali eng samarali transmissiya yo'li bo'lib, kredit kanali YaIM o'sishiga ta'sirda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot xulosalari pul-kredit siyosatini takomillashtirish bo'yicha amaliy tavsiyalar bilan yakunlanadi.

Author Biographies

  • Bo'riyeva Marjona Tulqin qizi

    Magistrant, Bank-Moliya Akademiyasi, Toshkent, O'zbekiston

  • Mohichehra Turobjonovna

    Dotsent, Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti

References

Published

2026-09-07