GLIKOL KOMPOZITSIYALARINING EKSPLOATATSION XOSSALARINI TADQIQ ETISH
Keywords:
tabiiy gaz, glikol kompozitsiyasi, trietilenglikol, absorbent, absorbsion quritish, gigroskopiklik, qovushoqlik, termik barqarorlik, korroziya, ko‘piklanish, funksional qo‘ndirma, regeneratsiya, shudring nuqtasi, ekspluatatsion xossalar.Abstract
Ushbu maqolada tabiiy gazlarni absorbsion quritishda qo‘llaniladigan glikol kompozitsiyalarining asosiy ekspluatatsion xossalari tadqiq etilgan. Glikol asosidagi absorbentlarning gigroskopikligi, qovushoqligi, zichligi, termik va oksidlanish barqarorligi, korrozion faolligi hamda ko‘piklanishga moyilligi kabi ko‘rsatkichlarning quritish jarayoni samaradorligiga ta’siri tahlil qilingan. Kompozitsiya tarkibiga kiritiladigan funksional qo‘ndirmalarning suv bug‘ini yutish qobiliyati, regeneratsiya darajasi va absorbentning xizmat muddatiga ta’siri baholangan. Shuningdek, harorat, glikol konsentratsiyasi va regeneratsiya rejimlarining kompozitsiyalar fizik-kimyoviy xususiyatlariga bog‘liqligi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari glikol kompozitsiyalarining optimal tarkibini tanlash, ularning termik degradatsiyasi va korrozion ta’sirini kamaytirish, ko‘piklanishning oldini olish hamda tabiiy gazning talab etilgan shudring nuqtasiga erishish imkonini beradi. Taklif etilgan yondashuv glikolli quritish qurilmalarining barqaror ishlashini ta’minlash, absorbent sarfini kamaytirish va regeneratsiya jarayonining energiya samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.