BOJXONA STATISTIKASI VA VALYUTA NAZORATI MODULINI OʻQITISHDA SUNʼIY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

Authors

  • T.Shodiyev. Author

Keywords:

bojxona statistikasi, valyuta nazorati, sunʼiy intellekt, generativ SI, maʼlumotlar tahlili, statistik prognozlash, xavf tahlili, raqamli taʼlim, Data Analytics.

Abstract

Mazkur maqolada bojxona statistikasi va valyuta nazorati modulini oʻqitishda sunʼiy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanishning metodik imkoniyatlari tahlil qilingan. Bojxona faoliyatida katta hajmdagi statistik va moliyaviy maʼlumotlarni qayta ishlash, ularni tahlil qilish, oʻzaro bogʻliqliklarni aniqlash va xavflarni baholash zamonaviy mutaxassisdan yuqori darajadagi raqamli kompetensiyalarni talab etmoqda. Tadqiqotda modulni anʼanaviy va SI asosida oʻqitish usullari taqqoslangan hamda statistik tahlil, valyuta operatsiyalarini oʻrganish, prognozlash, amaliy vaziyatlarni modellashtirish va individual taʼlimni tashkil etishda SI texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, tinglovchining mustaqil ishlashi, SI yordamida natijalarni tekshirishi va oʻqituvchi tomonidan ekspert baholashiga asoslangan metodik model taklif etilgan. Natijalar SI texnologiyalaridan maqsadli foydalanish bojxona statistikasi va valyuta nazorati boʻyicha amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga xizmat qilishini koʻrsatadi.

Author Biography

  • T.Shodiyev.

    Bojxona instituti Maxsus fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi.

     

References

Published

2026-08-29