MILLIY MALAKA TIZIMIDA EKSPERTLAR SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH: MALAKA OSHIRISH KURSLARI VA TRENERLIK FAOLIYATINING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

Authors

  • Imomova Sitora Xamidovna Author

Keywords:

milliy malaka tizimi, malaka oshirish, trener, ekspert, malakani baholash, baholovchi ekspert, kasbiy rivojlanish, seminar-trening, vaziyatli tahlil, simulyatsiya, o‘zaro tajriba asosida o‘rganish, refleksiya, standartlashtirish, uzluksiz kasbiy rivojlanish.

Abstract

Mazkur maqolada milliy malaka tizimini samarali rivojlantirishda ekspertlar va tizimning boshqa professional ishtirokchilarining kasbiy salohiyatini muntazam oshirib borish masalalari tahlil qilingan. Malaka oshirish kurslari faqat yangi bilimlarni yetkazish vositasi emas, balki malakani baholash jarayonlarida yagona professional yondashuvni shakllantirish, ekspertlarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda baholash sifati va ishonchliligini ta’minlashga xizmat qiluvchi muhim mexanizm sifatida yoritilgan. Maqolada malaka oshirish jarayonida trenerning o‘rni, tinglovchi markazidagi ta’lim, vaziyatli tahlil, simulyatsiya, o‘zaro tajriba asosida o‘rganish va refleksiyaga asoslangan faol trening metodlarining ahamiyati ochib berilgan. Cedefop, Ofqual va Qualifications Scotland rasmiy materiallari asosida trenerlarning professional rivojlanishi, baholovchi ekspertlarni tayyorlash va ularning baholashga bo‘lgan yondashuvlarini standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba tahlil qilinib, O‘zbekiston milliy malaka tizimida ekspertlar salohiyatini rivojlantirish yuzasidan amaliy takliflar ilgari surilgan.

Author Biography

References

Published

2026-08-27