HARAKATLANISH IMKONIYATI CHEKLANGAN BEMORLAR UCHUN FUNKSIONAL KIYIMLARNI LOYIHALASHGA QO‘YILADIGAN TIBBIY, ERGONOMIK VA GIGIYENIK TALABLAR TAHLILI
Keywords:
funksional kiyim, adaptiv kiyim, harakatsiz bemor, patologik holat, bosim jarohati, ergonomika, gigiyena, namlik, ishqalanish, shear, konstruktiv parametr, parvarishlovchi.Abstract
Ushbu maqolada uzoq muddat harakatsiz yoki harakat imkoniyati cheklangan bemorlar uchun funksional kiyimlarni loyihalashga qo‘yiladigan tibbiy, ergonomik, gigiyenik va konstruktiv talablar tizimlashtirilgan. Uzoq muddat yotish sharoitida bemor tanasi va kiyim o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir bosim, ishqalanish, siljish deformatsiyasi (shear), namlik va mikroiqlim kabi omillar bilan belgilanadi. Shu bilan birga, kiyintirish va yechintirish jarayonining murakkabligi, muolajalar uchun tana qismlariga tezkor kirish zarurati hamda parvarishlovchi xodimning jismoniy yuklamasi funksional kiyim konstruksiyasiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
Tadqiqotning asosiy maqsadi uzoq muddat harakatsiz yotuvchi bemorlarning patologik va funksional holatini kiyimga qo‘yiladigan talablar hamda konstruktiv parametrlar bilan bog‘lovchi tizimni shakllantirishdan iborat.