O‘ZBEK TILIDA TARZ SEMANTIKASINING MORFOLOGIK IFODA VOSITALARI
Keywords:
tarz, morfologik vosita, funksional-semantik yondashuv, maydon, affiksal vositalar, fe’l shakllari.Abstract
Maqolada o‘zbek tilida tarz semantikasining morfologik ifoda vositalari funksional-semantik yondashuv asosida tahlil qilindi. Kuzatish davomida morfologik birliklarning tarz ma’nosini shakllantirish, nutq jarayonidagi o‘rni aniqlandi. Xususan, affiksal vositalar, fe’l shakllari hamda ularning grammatik-semantik imkoniyatlari kontekstual hamda kommunikativ jihatdan tahlil qilindi. Morfologik shakllar orqali yuzaga keladigan semantik nozikliklar, subyektiv baho va pragmatik ma’no qatlamlari funksioanl-semantik maydon nazariyasi asosida tizimli tasniflandi. O‘zbek tilshunosligida tarz semantikasini kompleks yondashuv asosida o‘rganish imkoniyatini kengaytiradi. Maqolada o‘zbek tilida tarz ma’nosini ifodalovchi morfologik vositalar tahlil qilinib, ularning tarz funksional-semantik maydonida tutgan o‘rni va semantik yuklamasi aniqlandi.